“Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni, soat kechki ikkilarda “Qamchiq” dovoni Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Damas mashinasining egasi 42 yoshli farg‘onalik fuqaro Toshkentga qarab harakatlangan. “Qamchiq” dovoniga kelganida haydovchi rulda uxlab qolgan. Oqibatda yo‘lning yon tomonida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Buning natijasida haydovchi mashina salonida siqilib qolgan.

  

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvichlari yetib kelgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq

Baholaganlar

336

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing