Qamchiq dovonida YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
14 Oktabr
4393Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 05:45 da Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida sodir bo‘lgan. 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Toyota Prado avtomashinasi belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 28 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida Spark va Matiz avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Oqibatda Spark haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, mashina ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga hamda Matiz haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.