“Qamchiq” dovonida kuchli qor yog‘moqda

Jamiyat

image

Bugun, 27 dekabr kuni “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi va shamol kuzatilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

“Ayrim haydovchilar bunday ob-havo sharoitlarida harakatlanishga tayyor emasligi kuzatildi, natijada ularning avtomashinalariga FVV qutqaruvchilari tomonidan yordam ko‘rsatilib kerakli manzilgacha yetkazilmoqda”, deyiladi xabarda. 

FVVning bildirishicha, ayni damda “Qamchiq” dovonida harakat ikki tomonlama, vaziyat nazorat ostida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 27 dekabr kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi oqibatida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinligini prognoz qilgandi. Oldinroq “Qamchiqavtoyo‘l”  dovon qor bilan qoplangani, ko‘rish 100 metrgacha pasayganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing