Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 12–13 noyabrda A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.

Shuningdek, dovonda tuman tushib, ko‘rinuvchalik 50-100 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18–22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.

Biroz avval, joriy yilning 13 noyabridan 16 noyabrigacha O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi, harorat -11 darajagacha tushishi haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovoni

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing