Qamchiq dovonida Equinox yonib ketdi

3-sahifa

image

 “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Equinox rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 24 iyul kuni soat 12:55 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 254.6-kilometri qismi “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida sodir bo‘lgan.  Harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtotransport vositasining elektr qismida qisqa to‘qnashuv  sodir bo‘lgan. Oqibatda mashinada yong‘in chiqqan.

“Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yonib ketgan avtotransport vositasidagi yong‘in bartaraf etildi. Tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni soat 00:45 da Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 268-kilometrida yuk mashinasi o‘t chiqishi oqibatida yonib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovon Equinox yonib ketdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made