“Qamchiq” dovoni ochildi
Jamiyat
−
16 fevral 2023
5841"Qamchiq" dovoni yo‘li transport vositalarining harakati uchun ochilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ob-havo keskin o‘zgarib kuchli qor yog‘ishi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023 yil 16 fevraldagi 111-son byulleteniga ko‘ra, soat 01:30 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 228-253 kilometrlari oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli "Qamchiq" dovoni yo‘lida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlardan so‘ng bugun, 16 fevral soat 21:00 dan dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to‘liq qayta tiklandi.
“Barcha haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yoridan oshirmasdan harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi FVV xabarida.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar