“Qamchiq” dovoni qayta ochildi
Jamiyat
−
08 mart 2025 6014 1 daqiqa
Kecha, 7 mart kuni soat 14:30 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi.
Bugun, 8 mart kuni tonggi soat 3:00 dan dovon avtomobillar harakati uchun to‘liq qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan zarur muhofaza tadbirlari natijasida soat 03:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun to‘liq qayta ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, noqulay noqulay ob-havo sharoiti vaqtida yo‘lda qolib ketgan mingga yaqin kishi vaqtincha turar joylarga joylashtirilgandi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart