Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi
Jamiyat
−
28 noyabr 2020
4268Avvalroq, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, “Qamchiq” dovoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani xabar qilingandi.
Ayni vaqtda Qamchiq dovonida avtotransport vositalari harakati tiklangan. Yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator xizmatlarning maxsus texnikalari yordamida yo‘llar qordan tozalanib, muzlamalarning oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepilgan.
O‘zgidromet xulosasiga ko‘ra, 2020 yil 28 noyabr soat 11:30dan boshlab “Qamchiq” dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.
LiveBarchasi