“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi
Jamiyat
−
11 may
2741Avvalroq, A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagani xabar qilingandi. Endilikda yo‘l qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
FVV hamda tegishli tashkilotlarning kuch vositalari yordamida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida yo‘lning "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishi soat 00:55 da avtomobillar harakati uchun ochildi. Soat 02:45 da "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishi ham ochildi.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazoratga olingan. FVV xodimlari tomonidan dovonda qolib ketgan haydovchi va yo‘lovchilarga chodirlarda issiq ichimlik va yeguliklar tarqatilib, yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.