“Qamchiq”da YTH: Uchta mashina to‘qnashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 dekabr kuni “Qamchiq” dovonida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada biri kishi halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaga yotqizildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 11 dekabr kuni soat 12:25 da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi – dispetcheriga Nexia va Lacetti rusumli avtomashinalari hamda MAN rusumli yuk mashinasi YTH sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli avtomashina haydovchisi Q.D. boshqaruvni yo‘qotib, yulning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk mashinasi hamda Lacetti rusumli avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskanidan X.Raxov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar hamda “Sherobod” yo‘l-patrul xizmati, “Rezak” tez tibbiy yordam maskani xodimlari zudlik bilan yetib borishgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi Q.D. voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, Mazkur mashinada bo‘lgan J.I. og‘ir jarohat olganligi sababli Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Shuningdek, Lacetti rusmli avtomashinada bo‘lgan 3 nafar hamda MAN rusmli yuk mashinasida bo‘lgan 1 nafar fuqarolarga tan jarohati yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing