“Qamchiq”da mudhish YTH! 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 10 sentyabr kuni “Qamchiq” dovonida Isuzu yuk avtomobili va bir nechta yengil transport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, YTH 10 sentyabr kuni soat 22:46 da “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘li 247-kilometrining "Qamchiq" dovoni qismida sodir bo‘lgan. 

Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta avtomobillar ishtirokida YTH sodir etgan. To‘qnashuv oqibatida ayrim avtomobillar yonib ketgan. Voqea joyida 3 kishi halok bo‘lgan, 5-7 kishi jarohatlangan.  

Zudlik bilan hodisa joyiga FVVning "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj va 1 ta avtoevakuator yetib borgan hamda yonayotgan mashinalar soat 23:50 da o‘chirilgan.  Shuningdek, qutqaruvchilar tomonidan voqea joyida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Oradan oz vaqt o‘tib shifoxonada yana 1 nafar fuqaro vafot etgan. 

Hozirda "Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun ochiq.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

383

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing