“Qamchiq”da Cobalt xandaqqa tushib ketdi
3-sahifa
−
22 may 4228 1 daqiqa
Kecha, 21 may kuni “Qamchiq” dovonida Cobalt mashinasi xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:05 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida maxsus guruhga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan qutqaruv guruhi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Bildirilishicha, avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Cobalt avtomashinasi kanalga tushib ketgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi