Qamchibek Tashiyevning qizi Barselonadagi o‘yinda eng yaxshi futbolchi bo‘ldi (video)

Sport

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning qizi Sumaya Barselonadagi futbol bahsida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda qirg‘izistonlik jurnalist O‘tkirbek Rahmonov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Barselonadagi uchrashuvda Tashiyevning qizi faol harakatlari bilan ajralib turgan va raqib darvozasiga to‘p kiritgan.

Tashiyevning kenja o‘g‘li Emirxon Qidirshayev ham futbol bilan shug‘ullanadi. U Ispaniyaning “Barselona” futbol klubining yoshlar jamoasida to‘p tepadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Ekspertlarning prognoziga ko‘ra, yo Tashiyev Japarovning amalda davomchisiga aylanadi yoki Japarov Tashiyevdan “muvozanatga soluvchi” yangi siyosiy tayanch yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Barselona Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing