Qamchibek Tashiyevga tahdid qilgan yana bir shaxs ushlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga tahdidli xat yo‘llagan shaxs topilib, qo‘lga olindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezkor guruh kuzatuv kameralaridan foydalanib, gumonlanuvchini aniqlagan. U avval ikki marta sudlangan, harbiy uchuvchi bo‘lib ishlagan, Afg‘oniston chegarasida cheklangan harbiy kontingent tarkibida xizmat qilib, jangovar tajriba va yashirin faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lgan J.A.S. ismli shaxs bo‘lib chiqqan. Gumonlanuvchi 1994 yilda Qirg‘iziston Qurolli kuchlari safida xizmat qilgan. U xatda Qamchibek Tashiyev va uning oilasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. J.A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining “Shaxsning xizmat faoliyati bilan bog‘liq holda uni yoki yaqinlarini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rish” moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, J.A.S. uzoq vaqt davomida jinoyatni amalga oshirishni rejalashtirgan va o‘zini oshkor qilmaslik uchun tayyorlangan. U tahdidli xatni elektron shaklda yozib, “fleshka”ga yuklagan, so‘ngra konvertga joylab, uni muhrlagan. Konvertni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga topshirish uchun u boshqa bir fuqaro B.M.M.dan pul evaziga foydalangan.

“J.A.S. qo‘lga olinib, unga tegishli kompyuter, xat solingan konvert va boshqa dalillar musodara qilindi. Hozirda bu jinoyatga aloqador boshqa shaxslar va voqea sabablari aniqlanmoqda. Shuningdek, uning xorijiy maxsus xizmatlar yoki buzg‘unchi kuchlar bilan aloqadorligi o‘rganilmoqda, ammo tergov manfaatlari sababli batafsil ma’lumot oshkor etilmaydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati xodimlari Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishda gumonlangan shaxsni qo‘lga olgani xabar qilingan edi. Shundan so‘ng Tashiyev matbuot anjumani o‘tkazib, so‘nggi 4 yil ichida o‘ziga 5-6 marta va mamlakat Prezidenti Sadir Japarovga 2 marta suiqasd uyushtirilganini ma’lum qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

tahdid Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing