Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston DXX raisini tabrikladi

Sport

image
O‘zbekiston MTJ a’zolariga qanday avtomobil sovg‘a qilinishi aytildi north_east

O‘zbekiston MTJ a’zolariga qanday avtomobil sovg‘a qilinishi aytildi

Qirg‘iziston futbol ittifoqi raisi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkent shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatini milliy terma jamoaning jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Uchrashuv kecha, 9 iyun kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida ikki davlat (U-23) yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston DXX raisi, assotsiatsiya prezidenti Bahodir Qurbonov va birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qirg‘iziston tomoni jamoaning yuqori saviyadagi tayyorgarligini ta’kidlab, futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

Tashiyev O‘zbekiston termasining muvaffaqiyati nafaqat mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo uchun muhim voqea ekanini alohida ta’kidladi. U hurmat belgisi sifatida mezbonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Buning evaziga u do‘stlik va sport hamjihatligi ramzi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasining futbolkasini qabul qilib oldi.

“O‘zbekiston Respublikasi futbolchilari yuksak o‘yin namoyish etib, orzular ushalishini isbotlashdi. Jahon chempionatida jamoangizni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Tashiyev.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 iyun kuni Jahon chempionati-2026 turniri Osiyo mintaqasi saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini o‘zining “Al-Nahayyon” stadionida qabul qildi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

Ushbu bellashuvda qayd etilgan durang natijasi bilan Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritdi.

Bellashuvni avstraliyalik elit referilar brigadasi boshqardi. FIFA hakami Shon Evans maydondagi asosiy nazoratni olib bordi. Ushbu g‘alaba 34 yil kutilgan natija deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi (BAA) o‘yindan so‘ng futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni tarixiy yutuq - ilk bor jahon chempionatiga chiqqani bilan samimiy tabriklab, ularga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini berishini aytgandi. Sal o‘tib davlat rahbari ushbu mazmundagi farmonga imzo chekdi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Ravshan Ermatov Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing