Qalampir ishqibozlari uzoq yashaydi...mi?!

Foydali

image

Ma’lum bo‘lishicha, qizil qalampir nafaqat taomni xushta’m qilar ekan, balki sog‘liqni saqlashda ham muhim ahamiyatga ega ekan.

Garvard universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, qizil qalampirni muntazam iste’mol qiluvchi kishilar yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli o‘simtalar muammolariga kamroq ro‘baru bo‘ladi va tabiiyki uzoqroq umr ko‘rishi aniqlandi.

Olimlar yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishgan.

Olimlar xulosasiga ko‘ra, achchiq ta’mli ovqatni xush ko‘ruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga ko‘proq umr ko‘rishadi. Achchiq qalampirni iste’mol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.


Maqola muallifi

Teglar

qalampir

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing