Navoiyda 2 dona qalampirga 2 mlrd so‘mlik chek urildi
Jamiyat
−
01 noyabr 2025 39354 1 daqiqa
Navoiy viloyatida sotuvchi xatosi ortidan 2 dona qalampir narxi to‘lov kassasiga 2 mlrd so‘m qilib kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sotuvchi do‘kondan sotib olingan qalampir mahsuloti uchun 20 ming so‘mlik chek urish o‘rniga anglashilmovchilik sababli 2 mlrd so‘mlik chek urib yuborgan.
Shundan so‘ng, katta miqdordagi soliq qarzdorligi yuzaga kelgan. Tadbirkor ortiqcha soliq qarzdorligi yuzaga kelgani sababli chekni bekor qilishni so‘ragan bo‘lsa-da, Soliq boshqarmasi chek ma’lumotlarini tahrirlab bo‘lmasligini ma’lum qilgan.
Tadbirkor esa viloyat Soliq boshqarmasi ustidan Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritgan. Natijada soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, tadbirkor foydasiga sudning hal qiluv qarori qabul qilingan.
Live
Barchasi