Farg‘onada fermer xo‘jaligi yeridan 1405 tup nasha topildi (video)

Jamiyat

image

Farg‘onada qalampir ekish uchun ajratilgan yerda nasha yetishtirilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 iyul kuni Farg‘ona viloyat Oltiariq tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Jonibek” MFYda yashovchi 38 yoshli fuqaro “O.I.I.” fermer xo‘jaligiga tegishli yerdan 3 gektarini qalampir va kartoshka ekish maqsadida ijaraga olib, uzunligi 40 metr, eni 5 metr bo‘lgan yer maydoniga jami 1405 tup nasha giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlangan. 

Shuningdek, mazkur fuqaroning uyi holislar ishtirokida tekshirilganda u o‘z xohishi bilan 3 ta 1 litrlik, 1 ta 0,5 litrlik shisha idishda quritib, qadoqlangan nasha o‘simligi bargalarini IIO xodimlariga topshirgan. 

“2023 yil may oyida qalampir ekish uchun yer olgandim. Ichkariga hech kim kirmaydi deb nasha urug‘ini sepib qo‘ydim. Noqonuniyligidan xabarim bor, endi qayta takrorlanmaydi”, deydi fuqaro.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona qalampir nasha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing