Dunyodagi eng achchiq qalampirni yegan erkak vafot etdi
Bu qiziq
−
29 mart
17670Rossiyaning Volgograd viloyatida bir oy davomida achchiq qalampir yegan erkak vafot etdi. Bu haqda bugun, 29 mart kuni RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Volgogradning Kamishin shahrida yashagan 58 yoshli Yuriy Kruchinin bir oy davomida dunyodagi eng achchiq – Carolina Reaper navli chili qalampirini iste’mol qilib kelgan va 28 mart kuni vafot etgan.
"Unda allaqachon sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bor edi – anemiya, jigar sirrozi, buyrak kasalliklaridan aziyat chekishiga qaramay davolanmadi. Unga spirtli ichimliklarni ichish va achchiq qalampir iste’mol qilish mumkin emas edi. Biroq Kruchinin bir oy davomida tinimsiz qalampir yedi. O‘limiga ham shu sabab bo‘ldi, aks holda u yana bir-ikki yil yashardi", degan marhumning Oleg ismli do‘sti.
Ma’lumot o‘rnida, Carolina Reaper chili qalampiri 2013 yil avgust oyida dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimda energetik ichimlik iste’mol qilgan 8-sinf o‘quvchisi yuragi to‘xtab vafot etgan edi.
LiveBarchasi