“Yangi O‘zbekiston”ning maxfiy kelishuvi
Jamiyat
−
17 noyabr 2022
18447Nima uchun O‘zbekistondagi bir nechta gaz va neft konlari yopiq qaror bilan “Jizzakh Petroleum”ga berib yuborilgan? Bu savol kecha, 16 noyabr kuni AOKAda elektr energiyasi va gazdagi uzilishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida yangradi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev savolga mujmal javob berar ekan, davlat va korxona o‘rtasidagi shartnoma shartlari tijorat siri ekanini urg‘uladi.
“Konlarni o‘zlashtirishga investorlarni jalb qilishda davlat va investor o‘rtasidagi shartnoma shartlari har doim ham ochiqlanmaydi.
Shartnomani maxfiy qisimlari ham bor. Lekin, hujjatlar O‘zbekiston qonunchiligiga asoslangan holda tuzilgan. Agar shartnomada qonunchilikka zid qandaydir normalar bo‘lsa, korxona faoliyat olib borolmas edi”, deydi Sherzod Xo‘jayev.
Jurnalist Abdulla Yodgorovning o‘z izlanishlariga tayanib aytishicha, 2019 yilda 621 ming tonna neft ishlab chiqargan “O‘zbekneftgaz” 2020 yilga kelib, 125 tonna neft qazib olgan.
Jurnalistning qayd etishicha, “O‘zbekneftgaz” rahbari esa bir yilda ishlab chiqarish hajmining 5 barobarga kamayib ketishini bir nechta neft va gaz konlarini “Jizzakh Petroleum”ga berib yuborilgani bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vaziri “zam”i elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligi hamda elektrning tejalmay ishlatilayotganini elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi sifatida keltirgan edi.
LiveBarchasi