Prezident bugun murojaatnoma yo‘llaydi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llaydi. 

Murojaatnoma soat 11:00 da mamlakatdagi barcha telekanallar orqali namoyish etiladi. 

Ayni vaqtda “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida joylashgan “Congress hall” Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, davlat va nodavlat tashkilotlar rahbar xodimlari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va diplomatik korpus vakillari bilan gavjum. 

Prezident murojaatnomasi QALAMPIR.UZ saytida ham onlayn yoritib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev murojaatnoma

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing