Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Jamiyat
−
18:48 739 1 daqiqa
Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Rossiya Hukumatlararo komissiyasi va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Mamlakat yetakchisi kuni kecha bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar kengashining uchinchi yig‘ilishi natijador bo‘lganini olqishlagan.
O‘zaro savdo hajmi barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya, tinch atom va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, sanoat zonalari doirasidagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rish hamda hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.
Live
Barchasi