Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, davlat rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga esa ravnaq tilagan.

Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi qayd etilgan.

O‘zaro hamkorlik barcha yo‘nalishlarida jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. O‘zaro savdo hajmi, sanoat, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda yetakchi korxonalar kooperatsiyasi ko‘lami izchil ortib bormoqda.

Kuni kecha Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda Hududlar kengashining uchinchi yig‘ilishi natijalari yuqori baholangan.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda: yaqinda O‘zbekistonda “San’atlar olami” deb nomlangan Rossiya san’ati festivali muvaffaqiyatli o‘tkazilgan, ayni kunlarda esa Moskva shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing