OTMlarda darslar to‘xtatildi. Imtihonlar nima bo‘ladi? Diplom-chi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus kirib kelishi ortidan o‘rnatilgan cheklovlar va karantin rejimi sababli barcha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari to‘xtatildi. Bu o‘z navbatida kollej va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalarida yakuniy imtihonlar va diplom olish bo‘yicha savollarni yuzaga keltirdi. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov shu kabi savollarga javob berdi.

“Bugungi kunda umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar kabi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham ta’tilga chiqarilgan. Ta’til muddatining davomiyligidan kelib chiqish o‘quv jarayoni grafiklari o‘zgartirilishi mumkin.

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ta’til vaqtini yakunlangandan so‘ng ularga amaliyotni davom ettirish va tegishli imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Bunda muhim bir masalani aytish kerakki kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kelgusida oliy ta’lim muassasasida o‘qishi uchun xujjatlarni topshirishga to‘siqlar bo‘lmaydi”, dedi Abduvali Xoliqov.

Magistratura bitiruvchilari stajirovkaga chiqarilgan. Bitiruvchilarning stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyasi himoyalari qanday tartibda amalga oshirilishiga ham aniqlik kiritildi.

“Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalari o‘quv mashg‘ulotlari deyarli yakunlanganligini inobatga olib, yakuniy davlat attestatsiyasini davlat imtihoni shaklida (onlayn test sinovlari) o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, magistratura bitiruvchi kurs talabalariga vaziyatga qarab iyul oyida diplomlarini berish amalga oshiriladi”, dedi Abduvali Xoliqov

Shuningdek, vazirlik vakili oliy ta’lim muassasalarining rejali attestatsiyadan o‘tishlari karantinni tugashiga qarab kechiktirilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon karantin koronavirus

Baholaganlar

490

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing