Jah Khalib'ning konsertida yuzaga kelgan tartibsizlikning sababi ochiqlandi 

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 25 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo arena” saroyida xonanda Jah Khalib'ning konsert dasturi chog‘ida tomoshabinlar orasida kelishmovchilik yuz berdi. Ushbu vaziyat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi rasmiy izoh berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar tomonidan konsert dasturi uchun chiqarilgan o‘n mingdan ortiq elektron chiptalar sotib olingan. "Humo arena" saroyiga kirish uchun tashrif buyurgan fuqarolarning chiptalari xodimlar tomonidan maxsus skaner qurilmasi orqali tekshirilib kiritilgan.

Ammo minglab muxlislar konsert saroyiga sig‘may qolgan. Saroydagi joylar allaqachon to‘lgan bo‘lishiga qaramay, tashqarida qolgan tomoshabinlarning ham qo‘lida chiptalari bor edi. Shu sababli ham ular orasida tirbandlik va norozilik yuzaga kelgan.

“O‘z o‘zidan ma’lumki, bunday chiptalarga ega bo‘lgan fuqarolar nazorat o‘tish joyidan ichkariga qo‘yilmagan. Ular taqdim etgan elektron chiptalar esa tanishlari yoki boshqa jismoniy shaxslardan sovg‘a sifatida hamda pul evaziga qo‘lga kiritganliklari ma’lum bo‘lgan. IIO xodimlari tomonidan ayrim fuqarolar elektron chiptalarni o‘z manfaati yo‘lida takroran sotganliklari aniqlangan”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijasida noqonuniy chipta sotgani aniqlangan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy gvardiya xodimlari tomonidan konsertda jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilib, yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chipta kontsert tartibsizlik Jah Khalib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing