Ijtimoiy himoya agentligi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

2023 yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Usmon Sharifxo‘jayev Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Usmon Sharifxo‘jayev 1986 yil 9 iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2007 yilda Toshkent moliya instituti va 2011 yilda Xalqaro Vestministr universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati boshida Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida ishlagan.

2016-2017 yillarda sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, 2017 yilda Prezident devoni Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari xizmati ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh konsultanti, 2017-2018 yillarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va 2018-2020 yillarda Prezident administratsiyasi yoshlar, fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘linmasi ta’lim shu’basi mudiri bo‘lgan. 2020−2023 yillarda xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Usmon Sharifxo'jaev direktor o'rinbosari Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing