Ijaraga berilgan yerni 60 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
14:47 1152 1 daqiqa
Namangan viloyatida ijaraga berilgan yerni 60 ming dollarga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro Q.Sh. ning Namangan viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro G‘.R. Chust tumanidagi “R.J.” fermer xo‘jaligi tasarrufida bo‘lgan sabzavot yetishtirish va bog‘dorchilik faoliyatini tashkil etish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 5 gektar yer maydonini fuqaro Q.Sh. ga 60 000 AQSH dollariga sotishini hamda mazkur yerning 8 sotix qismiga Chust tumani hokimligida ishlovchi tanishlari orqali turar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma olib berishini aytgan. U kelishilgan pul hisobidan bo‘nak (avans) tariqasida 30 000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida uyida qimorxona tashkil qilgan 53 yoshli shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi