Iyun oxirida koronavirus aniqlangan toshkentlik bemor vafot etdi

Olam

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu rasmiy e’lon qilingan 91-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli A.X. (erkak) Rossiyada chap o‘pka yuqori bo‘lagi o‘smasini davolash va ximioterapiya muolajalaridan so‘ng 5 iyun kuni O‘zbekistonga qaytgan. Bemorda holsizlik, ko‘krak qafasida og‘riqlar kuzatilgan va 15 iyun kuni Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi statsionariga yotqizilgan.

Unda 27 iyun kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik sepsis, o‘tkir nafas  yetishmovchiligining 2-darajasi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor o‘pka  saratoni,  gipertoniya hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing