Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Piyergabriyele Papadia de Bottini Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 55 yoshli diplomat Piyergabriyele Papia de Bottini sobiq elchi Agostino Pinnaning o‘rniga tayinlangan.

“Piyergabriyele Papadia de Bottini janoblarini Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz” deb yozgan Saidov.

Vazirning ma’lum qilishicha, elchidan ishonch yorliqlari nusxalari olingandan so‘ng O‘zbekiston-Italiya strategik hamkorlik kun tartibidagi ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yangi elchini faoliyati davomida har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi missiyasini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing