Italiyada suv toshqini oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (foto)

Olam

image

Italiya shimolidagi Emiliya-Romanya mintaqasida kuchli suv toshqinlari va sellar kelishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan. Mintaqa bo‘ylab 20 dan ortiq daryo suvlari qirg‘oqlardan toshib chiqib, 280 ta ko‘chkiga sabab bo‘lgan. Qancha odam bedarak yo‘qolgani hozircha ma’lum emas.

Shuningdek, kamida 23 ta aholi yashash manzillarini suv bosgan, bu 27 mingdan ortiq aholining elektr energiyasiz qolishiga sabab bo‘lgan. Tabiiy ofatlar oqibatida transport harakati ham izdan chiqib ketgan. Bundan tashqari, dam olish kuni rejalashtirilgan “Formula-1” Gran-prisi kuchli suv toshqinlari tufayli bekor qilingan.

“Italiya shimolida yomg‘irlar keyingi kunlarda ham davom etadi. Shuningdek, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovinada yomg‘irlar mavsumi boshlangan”, deyiladi xabarda.

Nurmuhammad Fayzullayev 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

suv toshqini Italiya Emiliya-Romanya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing