Italiyada Sitsiliya mafiyasiga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazildi

Olam

image

Italiya huquq-tartibot idoralari tomonidan mafiya faoliyatiga aloqadorlikda ayblanib 59 kishi hibsga olindi. Karabinerlar korpusi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya Messina provinsiyasining Sitsiliya shahrida faoliyat yuritayotgan guruhlarga qarshi o‘tkazilgan.

Hibsga olinganlar mafiya faoliyatiga aloqadorlik, giyohvand moddalar kontrabandasi, reket, noqonuniy qurol saqlash va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Karabinerlar maxsus bo‘limining xodimlari bugun, 28 fevral kuni ertalab Messina tumanlari va Italiyaning boshqa mintaqalarida keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishgan.

"Sulola” deb nomlangan operatsiya Barchellona-Potsso-di-Gotto shahridagi mafiya oilasi ustida kuzatuvlar natijasida olib borildi", deyiladi xabarda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, guruhlarni ushbu mintaqadagi ba’zi tarixiy mafiya rahbarlarining bolalari boshqargan. Ayni paytda ularning "otalari" qamoqxonalarda jazo o‘tamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Sitsiliya Mafiya

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing