Italiyada samolyot avtomobil yo‘liga qulab tushdi (video)

Olam

image

Kecha, 22 iyul kuni Italiyaning Breshia shahrida ikki yo‘lovchisi bo‘lgan yengil motorli samolyot avtomobil yo‘liga qulab tushdi va bortda bo‘lgan ikki kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Corriere della Sera” xabar berdi.

Mahalliy nashr bergan xabarga ko‘ra, samolyot 22 iyul kuni tushdan keyin Pyachensa shahridan havoga ko‘tarilgan.

Samolyotda Milandan bo‘lgan advokat Sergio Ravalya va uning sherigi Anna Mariya De Stefano bo‘lgan. Ular “Korda Molle” avtomobil yo‘li hududiga qulab tushgan. Ikkala yo‘lovchi ham halok bo‘lgan.

Kuzatuv kameralaridagi kadrlarda samolyot tirband yo‘lga qulab tushgani va yong‘in chiqqani aks etgan. Hodisa vaqtida yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillarda bo‘lgan haydovchilar va yo‘lovchilarga zarar yetmagan. Voqea sabablari aniqlanmoqda, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni Bangladesh poytaxti Dakkada Harbiy-havo kuchlarining F-7 samolyoti halokatga uchrab, kollej va maktab kampusiga qulagandi. Fojia oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, ularning 25 nafar bolalardan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Italiya Breshia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing