Xitoy AQSH va Rossiyaga jiddiy taklif bilan chiqdi

Jamiyat

image

AQSH va Rossiya yadroviy qurolsizlanish jarayoniga bosh bo‘lishi kerak. Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan shunday bayonot bilan chiqdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Ular (Rossiya va AQSH) ishonchli va shaffof tarzda yadroviy arsenalini qisqartirishi kerak va bu doimiy jarayon bo‘lishi zarur. Bu oxir-oqibat to‘la va keng ko‘lamli yadroviy qurolsizlanishga sharoit yaratadi”, degan diplomat.

Joriy yilning may oyida Xitoy Amerika Prezidenti Donald Tramp taklif qilgan Rossiya va AQSH o‘rtasidagi yangi yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSH) shartlariga amal qilishni to‘xtatishini ma’lum qilgandan keyin Rossiya ham shartnomadan chiqishini bildirgandi. Shu bilan dunyoda qurollanishni nazorat qiluvchi yana bir mexanizm o‘z kuchini yo‘qotdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Xitoy yadro quroli

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing