Xitoy yadroviy qurollar bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini yana bir bor eslatdi
Olam
−
16 may 2019
6361Xitoy yadroviy qurollar bo‘yicha AQSH va Rossiya o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarga qo‘shilmaydi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Lu Kan brifing vaqtida shunday fikr bildirgan.
“Xitoyning pozitsiyasi shundan iboratki, eng ko‘p yadroviy qurolga ega davlatlar o‘z majburiyatlarini bajarib, qurolsizlanishlari kerak. Ular qurollanishni ustidan nazoart o‘rnatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv shartlarini bajarishni davom ettirishlari va hujjatlarning muddatini uzaytirishlari shart”, degan xitoylik diplomat.
Diplomat Xitoyning yadroviy qurollari mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdordan ortiq emasligini ta’kidlagan va mamlakati yadroviy qurol to‘g‘risidagi uch tomonlama kelishuvlarda ishtirok etmasligini bildirgan.
“Xitoy hech qanday shaklda yadroviy poygaga qo‘shilmaydi hamda hech bir mamlakatga o‘z “yadroviy soyaboni”ni taqdim etmaydi, shuningdek, o‘zga davlatlarga yadroviy qurolini joylashtirmaydi. XXR yadroviy quroldan birinchi foydalanmaslik tamoyiliga sodiq qoladi va yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlatga nisabatan bu tur qurollarni ishlatmaydi”, degan Xitoy TIV vakili.
LiveBarchasi