Italiyada bortida 260 kishi bo‘lgan samolyotning dvigateli yonib ketdi
Olam
−
12 noyabr
8041Italiyada Hainan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng uning dvigateli yonib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
10 noyabr kuni 249 yo‘lovchi va 16 ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 787 samolyoti Rimdan Xitoyning Shenchjen shahriga yo‘l olgan edi. Uchishdan so‘ng samolyotning o‘ng dvigateli yonib ketdi, oqibatda uchuvchilar dengiz uzra yoqilg‘ini to‘kib, Fyumichino aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Italiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inga qushlarning urilishi sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, qo‘nish xavfsiz tarzda amalga oshirilgan, Rim havo bandargohida havo qatnovida kechikishlar kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Avstraliyaning Sidney shahridan Brisben shahriga uchayotgan Qantas Airways aviakompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilganidan so‘ng dvigatelida nosozlik yuz bergandi.
LiveBarchasi