Italiyada 866 nafar o‘zbekistonlik bor, Italiyada koronavirus ham bor...

Olam

image

Koronavirusning Italiya Respublikasida keng tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasida tezkor shtab tashkil etildi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Italiyada 866 nafar O‘zbekiston fuqarosi konsullik hisobida turadi. Ularning barchasi sog‘lom - hech kimga kasallik tashxisi qo‘yilmagan. Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, delegatsiyalar va Italiya kompaniyalari vakillarining respublikaga 20 dan ortiq tashrifini qayta rejalashtirishgan.

M’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Janubiy Koreya va Erondagi elchixonalarida ham koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgan. Ushbu mamlakatlardan kelgan barcha mehmonlar 14 kunlik karantin uchun O‘zbekiston shifoxonalariga joylashtiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 98 787 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3390 kishi vafot etdi. 55 805 bemor esa shifo topgan. Bemorlarning 6 272 nafari yoki 16 foizi og‘ir ahvolda deb baholanmoqda.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80559 bemor – 3042 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (6593 – 42), Italiya (3858 – 351), Eron (3513 – 108), Yaponiya (1000 – 29), Germaniya (534 – 0), Fransiya (423 – 23), Ispaniya (248 – 7), AQSH (233 – 14), Singapur (117 – 0), Gonkong (105 – 2).


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Koronavirus

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing