Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
Jamiyat
−
26 noyabr
1691Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Bugun, 26 noyabr kuni vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan.
"Dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy uchrashuvlar O‘zbekiston-Italiya strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Janob Elchiga mamlakatimizda fidokorona xizmatlari uchun Tashqi ishlar vazirligi nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Ma’lumot uchun, u 2020 yilda O‘zbekistonga elchi sifatida kelgan va 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan. U bir vaqtning Italiyaning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan. U joriy yilning 15 noyabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Musa Jamanboyev lavozimidan ozod etilgandi. U 2022 yil aprelidan buyon O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr