Italiya Bosh vaziri koronavirusga qarshi kurashda reperdan yordam so‘radi

Olam

image

Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakatda SOVID-19 tarqalishiga qarshi kurashda yordam so‘rab, italiyalik reper Fedez va uning turmush o‘rtog‘i - bloger Kyara Ferraniga murojaat qildi. Bu haqda REN TV xabar berdi.

Konte ulardan yoshlarga himoya niqoblari taqishni o‘rgatishda yordam so‘ragan. Chunki, ko‘pchilik hanuzgacha koronavirus faqat qariyalar uchun xavfli deb o‘ylaydi. 

Bosh vazir bilan suhbatdan so‘ng Fedez obunachilari uchun yoshlarni niqob taqishga targ‘ib qiluvchi video tasvirga olgan. 
 
Uning ta’kidlashicha, niqob taqish bilan ular nafaqat o‘zlarini, balki oilalarini ham
koronavirusdan himoya qilishadi.
 
Ma’lumot uchun, reper va uning turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqlarda jami 33 million obunachiga ega. 
 
Avvalroq, Italiyaning barcha shaharlarida koronavirusga qarshi kurashish maqsadida komendantlik soati joriy qilinishi haqida ma’lumot bergandik. 
 
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 424 mingdan oshgan. 253 mingdan ko‘p kishi sog‘ayib ketgan. 36 ming 616 kishi vafot etgan. 
 
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 40 milliondan oshgan. 27,7 million bemor sog‘aygan. 1,12 million odam virus qurboni bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Italiya Koronavirus

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing