Istanbulni qalin qor qopladi (fotoreportaj)
Olam
−
25 yanvar 2022 5800 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli qor yog‘di. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
![]()
Ta’kidlanishicha, sinoptiklar bir kun avval Istanbul aholisini noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirgan. Qor shaharning g‘arbiy va shimoliy qismlarida kuchli yog‘gan.
![]()
Qayd etilishicha, yo‘llarda katta tirbandliklar yuzaga kelgan, odamlar mashinalarini yo‘l chetiga qo‘yib, piyoda yurishga majbur bo‘lgan. Metroda piyodalar oqimi tufayli tiqilinch yuzaga kelgan. Ba’zi avtobus yo‘nalishlari ertalabgacha to‘xtab qolgan.
![]()
![]()
Shuningdek, shaharda savdo markazlari va bir qancha korxonalar yopilgan. Istanbul aeroportida parvozlar kechiktirilgan.
![]()
![]()
Avvalroq, Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaparvozlar kechiktirilgani haqida xabar bergandik.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()


Live
Barchasi