Istanbulga kuchli jala va do‘l yopirildi (foto+videoreportaj)
Olam
−
29 Sentabr 2020
13441Bugun, 29 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli jala kuzatildi. Turkiya meteorologiya bosh boshqarmasi Istanbul aholisini jaladan keyingi kutilmagan toshqindan ogohlantirdi.
Istanbuldagi jala shu qadar kuchli bo‘ganki, Turkiyaning aholisi eng ko‘p shaharida bir zumga hayot to‘xtab qolgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 larda boshlangan jala sabab shaharning katta qismi suvga to‘lgan, ba’zi ko‘chalar qisman suv ostida qolgan. Jaladan tashqari, shaharning Osiyo tarafida grek yong‘og‘idek keladigan do‘l ham yog‘gan. Natijada avtomobillar zararlangan. Shaharning Yevropa qismidagi To‘pqopi tumanida ikkita mashina suv ostida qolgan.
Arnavut bozori esa to‘liq suv ostida qolgan. Noqulay ob-havo shaharning asosiy TEA va D100 shosselarida ham harakatni qiyinlashtirgan. Shaharning Osiyo qismida tramvay harakati ham vaqtincha to‘xab qolgan.
Hukumat boshqa shaharlarda ham kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirgan, jumladan poytaxt Anqarada ham.
LiveBarchasi