Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan mahbuslar soni 50 nafarga yetdi

Olam

image

Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olinganlar soni 50 nafarga yetdi. Bu haqda TRT telekanali mahalliy xavfsizlik boshqarmasiga tayanib xabar berdi. 

Bu ma’lumotni jurnalistlarga Turkiya Adliya vazirligi rahbari Bakir Bo‘zdog‘ ham tasdiqlagan. 

Avvalroq 48 kishi, jumladan, hujumni sodir etgan Suriya fuqarosi hibsga olingan edi. 

So‘roq paytida terror hujumini sodir etganini tan olgan Ahlam al-Bashir Suriyaning Kobani shahrida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uni AQSHdan kelgan instruktorlar o‘qitgan. Shuningdek, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasining (KIP) Suriya bo‘limi yetakchilaridan biri zo‘ravonliklarni amalga oshirishga buyruq berganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbuldagi portlash

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing