Istanbuldagi teraktda gumonlangan yana 8 kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiya politsiyasi yana sakkiz kishini 13 noyabr kuni Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni "A Haber" telekanali huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar terrorchilarga yordam berish va ularga boshpana berishda gumon qilinmoqda. Ikki mahbus, bundan tashqari, hujumni sodir etgan Suriya fuqarosi Ahlam al-Bashirga Suriyadan Turkiyaga noqonuniy kirishiga yordam bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra. Istanbuldagi terakt ishiga 50 kishi aloqador ekani gumon qilinyapti. 11 noyabr kuni Istanbul sudi 17 nafar gumonlanuvchini, jumladan, hujumni sodir etgan shaxsni hibsga oldi.

Avvalroq Bolgariya politsiyasi Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilingan besh nafar shaxsni qo‘lga olgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi. 

Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.

Tergov davomida u AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul portlash

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing