Istanbuldagi portlashda qurbon bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Olam
−
14 noyabr 2022
8823Turkiyaning yirik megapolislaridan biri Istanbulda kecha, 13 noyabr kuni sodir etilgan teraktda qurbon bo‘lganllar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Bu haqda Turkiya rasmiy idoralariga tayanib QALAMPIR.UZ ma’lum qiladi.
Sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi maskan sanalgan Taqsim maydonining Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan portlashda 6 kishi halok bo‘ldi, 81 kishi yaralandi.
Istanbul hokimi Ali Yerliqoya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali qurbon bo‘lganlarning shaxsini ochiqladi.
Portlashda Arzu O‘zsoy va uning qizi Yag‘mur Uchar, Yusuf Maydon va qizi Ecrin Maydon, Adem To‘pqora va uning rafiqasi Muqaddas Elif To‘pqora ismli fuqarolar qurbon bo‘lgan.
Uning qayd etishicha, shifoxonaga yotqizilgan 50 nafar yaradorni davolash ishlari yakunlanib, ular uyga ketishiga ruxsat berilgan. 31 nafar yaradorni davolash ishlari hamon davom etmoqda. Jonlantirish bo‘limida qolayotgan 5 nafar jarohatlangan bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir.
Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Daryo Yoniq ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali portlashda 9 yashar qizi Eskrin bilan halok bo‘lgan Yusuf Maydon vazirlik xodimi ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning Turkiyadagi elchixonasi, jumladan Istanbuldagi konsullik portlashda qurbon bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an avvalroq voqeada terror izi borligini aytgan edi. Keyinroq respublika vitse-prezidenti Fuat O‘ktay portlovchi qurilmani ayol kishi ishga tushirganini aytdi.
LiveBarchasi