Istanbulda zilzila bo‘lsa, 600 ming uy qulashi mumkin
Olam
−
17 avgust
3563Agar Istanbulda zilzila sodir bo‘lsa, dastlabki daqiqalarida olti yuz ming uy qulash xavfi ostida qoladi va taxminan 2,5 million kishi jiddiy xavf ostida yashamoqda. Bu haqda Turkiya Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum ma’lum qildi.
Shimoliy Anadolu yorig‘ining tarmoqlaridan biri Marmara dengizining Istanbul qirg‘oqlaridan o‘tadi. Olimlar Istanbul va Marmara dengizida 7 balldan kuchli kuchli zilzila bo‘lishini, iqtisodiy oqibatlari butun Turkiyaga ta’sir etishini bashorat qilmoqda.
“Bugun biz Istanbulning 39 tumanida xavf tahlilini yakunladik va bu shahardagi umumiy uylar sonining beshdan bir qismi – taxminan 1,5 million uy xavfsizlik talablariga javob bermasligiga ishonch hosil qildik. Birinchi daqiqalardanoq 600 ming uy qulash xavfi ostida bo‘ladi, ya’ni 2,5 millionga yaqin xalqimiz bu vaziyatning jiddiyligini to‘liq anglab yetishi kerak”, deydi Murat Kurum.
Istanbul meriyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lsa, shaharda kamida 90 ming bino vayron bo‘ladi, 4,5 millionga yaqin fuqaro vaqtinchalik uy-joyga muhtoj bo‘lishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalari zilziladan ko‘rilgan zarar 325 milliard dollardan oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘lgandi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan edi.
LiveBarchasi