Istanbulda terakt uyushtirishda gumonlangan ikki markaziy osiyolik qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan ikki shaxsni ISHID terrorchilik tashkiloti nomidan terakt tayyorlashda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda IHA agentligi xabar berdi.

Turkiya razvedka xodimlarining aniqlashicha, terror tashkiloti yacheykasining ikki a’zosi shaharning Pendik tumanidagi uylarning yerto‘lasida yashiringan.

“Tojikiston fuqarosi Foziljon A. (37 yosh) va Qirg‘izistonda tug‘ilgan Zulfiya S. (41 yosh) yashiringan uyda militsiya kiyimlari, militsiyaning miltillovchi chiroqlari, ratsiya, pichoq uchun g‘ilof va to‘pponcha, shuningdek, terrorchilik hujumini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan raqamli materiallar topilgan”, deyiladi xabarda.

So‘roq paytida qo‘lga olinganlar zo‘ravonlik harakatini tayyorlaganini tan olgan. Ammo ular buni qayerda va qachon amalga oshirmoqchi bo‘lganini aytmagan.

Prokuratura qarori bilan Tojikiston fuqarosi hibsga olingan, sherigi esa Turkiyadan chiqarib yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya xavfsizlik kuchlari deyarli har kuni ISHIDga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlar kuni Respublika Ichki ishlar vazirligi ISHID bilan aloqadorlikda gumon qilingan 51 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi.

O‘tgan hafta boshida Turkiya Ichki ishlar vazirligi ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 147 nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida respublikada terrorchilik tashkilotining 3 mingga yaqin tarafdori qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonda Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”ga hujum uyushtirishda gumonlanayotganlarni pul va qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan xorijiy fuqarolardan iborat guruh a’zolari ushlangandi.

Shuningdek, 31 mart kuni Dog‘istonda maxsus xizmatlar aksilterror operatsiyasini o‘tkazgan edi. Ushbu tezkor tadbir davomida uch nafar qurolli shaxs qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul IShID terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing