Istanbulda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Istanbuldagi Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 27 iyunida Istanbul shahrida 1993 yil 22 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmal Ravshanovich Mamirjonov vafot etgan. Akmal Mamirjonov basseynga borgan vaqtda salomatligi yomonlashib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, joriy yilning 30 iyunida Istanbul shahrida 1967 yil 5 fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova velosipeddan yiqilishi natijasida boshidan jarohat olib, vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona qayd etilgan holatlarni nazoratga olgan va o‘zbekistonliklarning jasadini dafn etish uchun Vatanga qaytarish masalasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul TIV

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing