Istanbulda 3 mln yevrodan ortiq qalbaki pullar musodara qilindi

Olam

image

2024 yil boshidan buyon Turkiya huquq-tartibot organlari tomonidan Istanbulda 3,6 milliondan ortiq qalbaki yevro va 350 ming AQSH dollari musodara qilingan. Bu haqda kecha, 29 noyabr kuni “Memurlar” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Turkiya Markaziy banki mamlakatda qalbaki pul tarqalishi bo‘yicha xabarlar ortidan sud organlari bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaga ko‘ra, yil boshidan beri huquq-tartibot organlari qalbaki pul ishlab chiqaruvchilarga qarshi 340 ta operatsiya o‘tkazgan.

“104 nafar gumonlanuvchi hibsga olingan, 48 nafariga nisbatan sud nazorati chorasi qo‘llanilgan. Operatsiyalar natijasida musodara qilingan qalbaki valyuta miqdori quyidagicha: 352 ming 576 AQSH dollari, 3 million 613 ming yevro va 1 million 479 ming 260 turk lirasi”, dedi vazir.

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari egalarining assotsiatsiyasi (TÜYEMDER) rahbari Mehti Sheren Turkiyada qalbaki dollarlar tarqalganligi haqida tarqalgan xabarlarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda “hatto ming dona ham” qalbaki dollar yo‘q, 600 ming dona haqida gapirish esa asossiz. U bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirgan. 

Shu bilan birga, 27 noyabr kuni Istanbul politsiyasi qalbaki valyutalarni tarqatishda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olgani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaga taxminan 600 million dollar qiymatdagi qalbaki banknotlar kontrabanda yo‘li bilan kiritilgani xabar qilingan edi. Ulardan katta qismi 50 dollar nominaldagi kupyuralardan iborat bo‘lib, shu sababli ayriboshlash punktlari va banklar ushbu nominaldagi, shuningdek, eski 100 dollarlik banknotlar bilan operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatgan. Mutaxassislarning fikricha, soxta dollarlarning asosiy qismi Suriya, Eron va Bolqon mamlakatlaridan kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul qalbaki evro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing