Istanbul va Anqarani qaytarib olishga Erdo‘g‘anning qurbi yetadimi?

Olam

image

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Istanbul merligiga nomzod 15 yanvar kuni e’lon qilinadi. Bu sana tasodifan tanlanmagan, chunki bu Turkiya rahbarining siyosiy faoliyati tarixi bilan bog‘liq, deb yozadi “Cumhuriyet” gazetasi. 

Nashrning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Erdo‘g‘anning 15 yanvarni tanlashiga 1994 yilning aynan shu kuni Turkiyaning eng yirik shahri meri etib saylangani sabab bo‘lgan. 

“Bu bilan Erdo‘g‘an o‘zi g‘alaba qozongan saylovlar bilan o‘zi yetakchilik qilayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi nomzodi g‘alaba qozonadigan bo‘lajak saylovlar o‘rtasida o‘xshashlik o‘rnatmoqchi”, deb yozgan nashr. 

Qayd etilishicha, Turkiyaning hukmron partiyasi 27 dekabrdan boshlab boshqa shaharlar merligiga nomzodlarni e’lon qila boshlaydi. 

Istanbul merligiga muxolifat nomzodi shaharning amaldagi rahbari Ekrem Imomo‘g‘li bo‘ladi. U “Jumhuriyat Xalq” partiyasi vakili. Poytaxt Anqarada bu lavozim uchun Respublikachilar partiyasidan hozirgi shahar hokimi Mansur Yavash kurashadi. Erdo‘g‘anning partiyasi Turkiya poytaxti meri lavozimiga o‘z nomzodini hali e’lon qilgani yo‘q. 

Istanbul va Anqara 31 martga belgilangan munitsipal saylovlarda “Adolat va taraqqiyot” partiyasi va muxolifat uchun muhim shaharlardir. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi 2019 yildagi saylovda Turkiyaning 11 ta asosiy shahrida muvaffaqiyatsizlik uchun muxolifatdan o‘ch olish niyatida. Hukmron alyansning siyosiy muxoliflari oldingi yutuqlarini himoya qilishga qat’iyliklarini e’lon qilishmoqda.  

Turkiya Markaziy saylov komissiyasi mahalliy saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Joriy yilning 15 dekabr kuni hukumat gazetasi yangilangan saylov taqvimini e’lon qildi, unga ko‘ra respublikada saylov kampaniyasi rasman 1 yanvardan boshlanadi va 30 martgacha davom etadi. Saylovchilar ro‘yxati 17 yanvar kuni oxirigacha yangilanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing