Istanbul sohillaridan dengiz minasi topildi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahri sohilida dengiz minasi topildi. Bu haqda “Aksham” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, guvohlar xavfli ob’ektni payqagan va voqea joyiga sapyorlar jalb qilingan. Shundan so‘ng, sohil xavfsizlik qo‘mondonligi va politsiya guruhlari yetib borgan.

Mutaxassislar bu harbiy qurilma ekanligini tasdiqlagan. Favqulodda vaziyat tufayli plyajlar va uning atrofidagi hududlar vaqtincha muddatda jamoatchilik uchun yopilgan.

“Hudud ko‘zdan kechirilib, u yerda minalardan tozalash ishlari olib borilishi rejalashtirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Kyoln shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bir tonnalik bomba topilgandi. Shahar rasmiylarining ta’kidlashicha, bu 1945 yildan beri bomba yo‘q qilish bo‘yicha eng qiyin operatsiya bo‘lib, u topilgan joyga yaqin hududda bir nechta klinikalar joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul mina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing