Istanbul markazida ikkita turarjoy binosi qulab tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 22 mart kuni Istanbulning markaziy Fotih tumanida ikkita turar joy binosi qulab tushdi. Bu haqda “AHaber” xabar berdi.

Telekanal muxbirining aniqlik kiritishicha, binolar bir-biriga juda yaqin qurilgan bo‘lib, ulardan biridagi portlash “domino effekti”ni keltirib chiqargan va qo‘shni binoning ham qulashiga sabab bo‘lgan. Istanbul meri Dovud Gul hodisaga tabiiy gaz portlashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

“Xabar qilinishicha, portlash tabiiy gaz sabab yuz bergan. Vayronalar ostida 9 nafar odam bo‘lgan. 7 nafar kishi shifoxonaga yotqizilgan, yana bir kishining qayerdaligi aniqlandi”, deydi u.

Voqea joyiga ko‘plab politsiya, o‘t o‘chirish, tibbiyot va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) guruhlari safarbar etilib, vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Xususan, Istanbul viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i dotsent Abdulla Emre Guner voqea joyiga 19 ta tez yordam mashinasi, 2 ta tibbiy qutqaruv guruhi va 52 nafar tibbiyot xodimi safarbar qilinganini, yaradorlarga tezkor yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrda yerning cho‘kishi oqibatida chuqurligi 15 metr bo‘lgan ulkan o‘ra hosil bo‘lib, ikki do‘kon butunlay yer ostiga qulab tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul portlash Fotih

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing